1-modda. Taʼriflar
Readmissiya toʻgʻrisida · Sana: 04.07.2007 · Amalda
Mazkur shartnomada quyida keltirilgan taʼriflar quyidagi maʼnolarga ega:
a) “readmissiya” — Bitimda belgilangan tartibda, shartlar va maqsadlarga koʻra soʻralayotgan Tomon hududida amalda boʻlgan xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi va boʻlishi masalalari toʻgʻrisidagi qoidalarni buzgan holda soʻrayotgan Tomonning vakolatli davlat organlari tomonidan soʻralayotgan Tomon davlatining hududiga kirgan yoki u erda boʻlgan shaxslarni soʻralayotgan Tomonning vakolatli davlat organlari tomonidan topshirish va soʻrayotgan Tomonning davlat organlari tomonidan qabul qilib olish;
b) “soʻrayotgan Tomon” — shaxsni readmissiya yoki tranzit qilish toʻgʻrisida soʻrov yuborayotgan Tomon;
v) “soʻralayotgan Tomon” — shaxsni readmissiya yoki tranzit qilish toʻgʻrisida soʻrov qabul qilgan Tomon;
g) “uchinchi davlatlarning fuqarolari” — Tomonlar davlatlarining fuqaroligiga ega boʻlmagan va mazkur Bitimda ishtirok etmayotgan davlatning fuqaroligiga taalluqli boʻlgan shaxslar;
d) “fuqaroligi boʻlmagan shaxslar” — Tomonlar davlatlarining fuqarolari boʻlmagan va uchinchi davlatning fuqaroligiga taalluqli ekanligini tasdiqlovchi dalilga ega boʻlmagan shaxslar, mazkur Bitimning 2-moddasi 1-bandidagi holatlar qoʻllanilayotgan, boshqa Tomon davlati hududiga kirgandan soʻng bir Tomon davlati fuqaroligini yoʻqotgan shaxslar bundan mustasno;
e) “vakolatli organlar” — mazkur Bitimning bajarilishida javobgar boʻlgan Tomonlar davlatlarining organlari;
j) “Ijroiya bayonnomasi” — mazkur Bitimni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Bayonnoma.
