9-modda. Odam savdosining oldini olish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini toʻldiruvchi odam savdosining, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qoʻyish va uning uchun jazolash haqida · Sana: 15.11.2000 · Amalda
1. Ishtirokchi-davlatlar quyidagi maqsadlarda siyosat, dasturlar va boshqa choralarni majmuaviy asosda ishlab chiqadilar va qabul qiladilar:
a) odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish;
b) odam savdosi qurbonlarini, ayniqsa, ayollar va bolalarni reviktimizatsiyadan himoya qilish.
2. Ishtirokchi-davlatlar odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan tadqiqotlarni, axborot kompaniyalarini, jumladan, ommaviy axborot vositalarida oʻtkazish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirish kabi choralarni koʻrishga intiladilar.
3. Ushbu moddaga muvofiq ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan siyosat, dasturlar va boshqa choralar tegishli hollarda, nohukumat tashkilotlar, boshqa tegishli tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa elementlari bilan hamkorlikni ham oʻz ichiga oladi.
4. Ishtirokchi-davlatlar ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama hamkorlik yoʻli bilan odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalarni odam savdosi nuqtai nazaridan nochor holatga tushib qolishlariga olib keluvchi qashshoqlik, rivojlanishning past darajasi va teng imkoniyatlarning yoʻqligi kabi omillar taʼsirini kamaytirishga qaratilgan choralarni koʻradilar yoki takomillashtiradilar.
5. Ishtirokchi-davlatlar odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalarni ekspluatatsiya qilishga olib keladigan har qanday shaklda foydalanish odam savdosiga olib kelgani uchun unga nisbatan boʻlgan talabni yoʻqotishga qaratilgan taʼlim, madaniyat yoki ijtimoiy sohada ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha qonunchilik yoki tegishli boshqa choralarni koʻradilar yoki takomillashtiradilar.
