8-modda. Odam savdosi qurbonlarini repatriatsiya qilish
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini toʻldiruvchi odam savdosining, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qoʻyish va uning uchun jazolash haqida · Sana: 15.11.2000 · Amalda
1. Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurboni uning fuqarosi boʻlgan yoki bunday shaxs qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat hududiga olib kirilguniga qadar uning hududida doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan boʻlsa, bunda u bu shaxsning qaytishiga yordam koʻrsatadi va bu shaxsning xavfsizligini taʼminlash masalalarini lozim darajada hisobga olgan holda, uni asossiz yoki nooqilona kechiktirishlarsiz qabul qiladi.
2. Ishtirokchi-davlat odam savdosi qurbonlarini — bunday shaxs uning fuqarosi boʻlgan yoki qabul qiluvchi ishtirokchi-davlat hududiga kirish paytida doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan ishtirokchi-davlatga qaytarilishini bu shaxsning xavfsizligini, shuningdek shaxsning odam savdosi qurboni boʻlishi bilan bogʻliq holatlarda har qanday ish yuritish xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiradi, bundan tashqari, bunday qaytarish asosan ixtiyoriy hisoblanadi.
3. Qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat iltimosiga koʻra, murojaat qiluvchi Ishtirokchi-davlat asossiz yoki oqilona boʻlmagan kechiktirishlarsiz odam savdosi qurboni boʻlgan shaxs uning fuqarosi boʻlganligini yoki bunday shaxs qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat hududiga kirish paytida hududda doimiy yashash huquqiga ega boʻlganligini tekshiradi.
4. Tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan odam savdosi qurboni boʻlgan shaxsni qaytarishga koʻmaklashish maqsadida uning fuqarosi boʻlgan yoki bunday shaxs qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlat hududiga kirish paytida uning hududida doimiy yashash huquqiga ega boʻlgan Ishtirokchi-davlat qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlatning iltimosiga koʻra bu kabi kirish/chiqish hujjatlarini yoki bu shaxsni oʻz hududiga qaytarish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan boshqa ruxsatnomalarni berishga rozilik bildiradi.
5. Ushbu modda qabul qiluvchi Ishtirokchi-davlatning ichki qonunchiligining har qanday qoidasiga asosan odam savdosi qurbonlariga berilgan huquqlarga zarar yetkazmaydi.
6. Ushbu modda odam savdosi qurbonlarini qaytarish masalalarini toʻliq yoki qisman tartibga soluvchi har qanday amaldagi ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama bitim yoki kelishuvlarga zarar yetkazmaydi.
