9-modda. Ommaviy xaridlar va ommaviy mablagʻlarni boshqarish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻz huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, boshqa xususiyatlar qatori korrupsiyaning oldini olish nuqtai nazaridan, oshkoralik, raqobat va qarorlarni qabul qilishning xolisona mezonlariga asoslanadigan tegishli xarid tizimlarini yaratish uchun zaruriy choralarni koʻradi. Ulardan foydalanish boʻyicha tegishli oxirgi koʻrsatkichlarni koʻzda tutishi mumkin boʻlgan bunday tizimlar, boshqa jihatlar qatori, quyidagilarga daxldor:
a) savdolarning salohiyatli ishtirokchilariga ularning tender talabnomalarini tayyorlash va taqdim etish uchun yetarli vaqt berish maqsadida, xarid qilish taomillari va sotib olish kontraktlariga tegishli boʻlgan axborotni, shu jumladan savdolarda ishtirok etishga takliflar haqidagi axborotni va kontraktlarni tuzish toʻgʻrisidagi tegishli yoki oʻrinli axborotni ommaviy tarqatish;
b) kontraktlarni tuzish toʻgʻrisidagi tanlash va qarorlarni qabul qilish mezonlarini hamda savdolarni oʻtkazish va eʼlon qilish qoidalarini hisobga olgan holda, ishtirok etish shartlarini oldindan belgilash;
c) qoidalar va taomillar toʻgʻri qoʻllanilayotganligini kelgusida tekshirishga koʻmaklashish maqsadida ommaviy xaridlar toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlar yuzasidan oldindan belgilangan va xolisona mezonlardan foydalanish;
d) mazkur bandga muvofiq belgilangan qoidalar yoki taomillarga rioya qilmagan vaziyatda huquq uchun kurashish va huquqiy himoya boʻyicha yuridik vositalarni taʼminlash uchun samarali ichki nazorat tizimi, shu jumladan norozilik shikoyatini taqdim etishning samarali tizimi;
e) tegishli holatlarda xaridlar uchun javobgar boʻlgan xodimlarga oid masalalarni tartibga solish, masalan, muayyan ommaviy xaridlarga boʻlgan manfaatdorlikni deklaratsiya qilish toʻgʻrisida talabnoma, tekshirish taomillari va professional tayyorgarlikka qoʻyiladigan talablar.
2. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻz huquqiy tizimining asosiy tamoyillariga muvofiq, ommaviy mablagʻlarni boshqarishda oshkoralik va hisobdorlikka koʻmaklashish boʻyicha tegishli choralarni koʻradi. Bunday choralar, boshqa yoʻnalishlar qatori, quyidagilarni qamrab oladi:
a) milliy budjetni tasdiqlash taomillari;
b) tushumlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
c) buxgalteriya hisoboti va audit standartlari tizimi va bu bilan bogʻliq boʻlgan nazorat;
d) xatarlarni boshqarish va ichki nazoratning samarali va taʼsirchan tizimlari; va
