10-modda. Ommaviy hisobdorlik
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
Korrupsiyaga qarshi kurashish zarurligini hisobga olgan holda, har bir ishtirokchi Davlat, oʻz ichki qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq, uning ommaviy maʼmuriyatining, shu jumladan uni tashkil etilishi, faoliyati va, tegishli hollarda, qarorlarni qabul qilish jarayonlariga tatbiqan, oshkoraligini kuchaytirish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi. Bunday choralarga, boshqa amallar qatori, quyidagilarni kiritishi mumkin:
a) aholiga, tegishli hollarda, ommaviy maʼmuriyatni tashkil qilish, uning faoliyat yuritishi va qaror qabul qilishi jarayonlari toʻgʻrisidagi, hamda xususiy hayot va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish zaruratini anglagan holda, aholi manfaatlariga daxldor qarorlar va yuridik amallar yuzasidan axborotga ega boʻlishga imkon beradigan taomil yoki qoidalarni qabul qilish;
b) tegishli hollarda, qarorlarni qabul qiluvchi vakolatli organlar huzuriga kirishda ommaviy imkonga ega boʻlishni osonlashtirish uchun maʼmuriy taomillarni soddalashtirish; va
c) ommaviy maʼmuriyatda korrupsiya xatari haqidagi davriy hisobotlarni kiritishi mumkin boʻlgan axborotni eʼlon qilish.
