68-modda. Kuchga kirishi
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Mazkur Konvensiya oʻttizinchi ratifikatsion yorliq yoki qabul qilgani, tasdiqlagani yoxud qoʻshilgani haqidagi hujjatlar topshirilganidan keyin 90 kun kuchga kiradi. Mazkur bandning maqsadi uchun iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti tomonidan saqlashga topshirilgan istalgan shunday yorliq yoki hujjat, ushbu tashkilotning aʼzolari tomonidan saqlashga topshirilgan yorliq yoki hujjatlarga qoʻshimcha qilingan deb koʻrilmaydi.
2. Mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan, qabul qiladigan yoki tasdiqlaydigan yoxud unga qoʻshiladigan har bir davlat yoki iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti uchun mazkur Konvensiya oʻttizinchi ratifikatsion yorliq yoki bu kabi harakat toʻgʻrisidagi hujjat saqlashga topshirilganidan keyin, bunday davlat yoki tashkilot tomonidan muvofiq yorliq yoki hujjat topshirilgani sanadan keyingi oʻttizinchi kunda yoxud mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq Konvensiyaning kuchga kirishi sanasida, kechroq kuchga kirishiga bogʻliq ravishda kuchga kiradi.
