69-modda. Tuzatishlar
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Mazkur Konvensiya kuchga kirganidan keyin 5 yil oʻtib ishtirokchi Davlat tuzatish kiritishni taklif qilishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga yuborishi mumkin, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi taklif qilinayotgan tuzatishni koʻrib chiqish va uning yuzasidan qaror chiqarish maqsadida taklifni ishtirokchi Davlatlar va ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga joʻnatadi. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi har bir tuzatish boʻyicha konsensusga erishish uchun barcha choralarni ishga soladi. Agar konsensusga erishish boʻyicha barcha choralar qoʻllanilsada, lekin kelishuvga erishilmasa, u holda tuzatishni qabul qilish uchun ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi majlisida boʻlgan va ovoz berishda ishtirok etayotgan ishtirokchi Davlatlarning uchdan ikki qismi ovozi talab qilinadi.
2. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti oʻz vakolatlari doirasiga kiradigan masalalarda ovoz berish huquqlarini mazkur moddaga binoan, mazkur Konvensiyaga ishtirokchi hisoblangan oʻzlarining tashkilotlariga aʼzo davlatlar soniga teng ovozga ega boʻlgan holda amalga oshiradilar. Bunday tashkilotlar, agar ularga aʼzo davlatlar oʻzlariga tegishli ovoz berish huquqlarini amalga oshirayotgan boʻlsalar, u holda oʻzlarining ovoz berish huquqlaridan foydalanmaydilar va aksincha.
3. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish ishtirokchi Davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi lozim.
4. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish, ishtirokchi Davlatga nisbatan, u tomondan ushbu tuzatish qabul qilingani haqidagi ratifikatsion yorliq yoxud yoki tasdiqlangani toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshirilganidan keyin 90 kun oʻtib kuchga kiradi.
5. Tuzatish kuchga kirganidan keyin u bilan bogʻliq boʻlishga rozilik bergan ishtirokchi Davlatlar uchun ushbu tuzatish majburiy boʻladi. Boshqa ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyaning holatlari va ular tomondan avvalroq ratifikatsiya qilingan, qabul qilingan yoki tasdiqlangan tuzatishlar bilan bogʻlanib qolaveradilar.
