67-modda. Imzolash, ratifikatsiya, qabul qilish, tasdiqlash va qoʻshilish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Mazkur Konvensiya barcha davlatlar imzolashi uchun 2003-yilning 9-dekabridan 11-dekabrigacha Merida (Meksika)da shahrida, keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi markaziy muassasalarida 2005-yilning 9-dekabrigacha ochiq.
2. Mazkur Konvensiya, shuningdek, iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkilotlari tomonidan, ushbu tashkilotga aʼzo davlatlarning kamida bittasi mazkur Konvensiyani mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq imzolagan boʻlishi shartida, imzolanishi uchun ochiq.
3. Mazkur Konvensiya ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi lozim. Qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi haqidagi ratifikatsion yorliqlar yoxud hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti oʻzining raktifikatsion yorligʻini yoki qabul qilgani yoxud tasdiqlagani haqidagi hujjatini, agar tashkilotga aʼzo davlatlarning kamida bittasi xuddi shunday yoʻl tutgan boʻlsa, saqlashga topshirishi mumkin. Bunday raktifikatsion yorliq yoki qabul qilgani yoxud tasdiqlagani haqidagi hujjatda tashkilot mazkur Konvensiya muvofiqlashtiruvchi masalalar boʻyicha oʻzining vakolat doiralari haqida eʼlon qiladi.
4. Mazkur Konvensiya qoʻshilish uchun istalgan davlat yoki aʼzo davlatlarining hech boʻlmaganda bittasi mazkur Konvensiyaning ishtirokchisi hisoblangan istalgan iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti uchun ochiq. Qoʻshilishi haqidagi hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi. Iqtisodiy integratsiyaning mintaqaviy tashkiloti qoʻshilganida mazkur Konvensiya muvofiqlashtiruvchi masalalar boʻyicha oʻzining vakolat doiralari haqida eʼlon qiladi. Bunday tashkilot, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasining istalgan muvofiq oʻzgarishi haqida depozitariyga xabar beradi.
