66-modda. Nizolarni hal qilish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyaning talqin qilinishi va qoʻllanilishi boʻyicha yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishga intiladilar.
2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchi Davlatlar oʻrtasida mazkur Konvensiyaning talqin qilinishi yoki qoʻllanilishi boʻyicha yuzaga kelgan va oqilona muddat davomida muvofiqlashtirila olmagan istalgan nizo, ushbu ishtirokchi Davlatlarning birini iltimosiga koʻra arbitraj muhokamasiga topshiriladi. Agar arbitraj toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilinganidan keyin olti oy davomida ishtirokchi Davlatlar uni tashkil qilish boʻyicha kelisha olmasalar, ushbu istalgan ishtirokchi Davlat Sud Statutiga muvofiq ariza bilan murojaat qilib nizoni Xalqaro Sudga topshirishi mumkin.
3. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyani imzolashda, ratifikatsiya qilishda, qabul qilish yoki tasdiqlashda yoxud unga qoʻshilishda mazkur moddaning 2-bandidagi holatlar bilan bogʻlamaganligi haqida eʼlon qilishi mumkin. Boshqa ishtirokchi Davlatlar shunday qoʻshimcha shart qoʻygan istalgan ishtirokchi Davlatga nisbatan mazkur moddaning 2-bandidagi holatlar bilan bogʻlamagan boʻladi.
4. Mazkur moddaning 3-bandiga muvofiq qoʻshimcha shart qoʻygan ishtirokchi istalgan vaqtda ushbu qoʻshimcha shartni Davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga bildirishnoma yuborish yoʻli bilan bekor qilishi mumkin.
