63-modda. Konvensiyada ishtirok etadigan Davlatlar konferensiyasi
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Mazkur Konvensiyada belgilangan maqsadlarga yetishish uchun ishtirokchi Davlatlar imkoniyatlarini va ular oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, mazkur Konvensiyani amalga oshirishga yordam berish va uni amalga oshirilishini kuzatish maqsadida Konvensiyada ishtirok etadigan Davlatlarning Konferensiyasi taʼsis etiladi.
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasini mazkur Konvensiya kuchga kirgan kundan keyin bir yildan kechiktirmay chaqiradi. Keyinchalik, ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi tomonidan qabul qilingan tartibotlarga muvofiq, Konferensiyaning navbatdagi kengashlari oʻtkaziladi.
3. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi mazkur moddada koʻrsatilgan faoliyat turlari amalga oshirilishini tartibga soluvchi tartibot va qoidalarni, jumladan kuzatuvchilarga ruxsat berilishi va ularning ishtiroki hamda ushbu faoliyat turlarini amalga oshirishda sarflangan xarajatlarni toʻlash bilan bogʻliq qoidalarni qabul qiladi.
4. Ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasi mazkur moddaning 1-bandida bayon etilgan maqsadlarga erishish uchun faoliyat turlari, tartibotlar va ishlash metodlarini kelishtiradi, shu jumladan:
a) ishtirokchi Davlatlar faoliyatiga mazkur Konvensiyaning 60- va 62-moddalari va II — V boblariga asosan koʻmaklashish, shu jumladan ixtiyoriy badallar safarbarligini ragʻbatlantirish yoʻli bilan ham;
b) ishtirokchi Davlatlar oʻrtasida korrupsiyaning shakllari va bu sohadagi tendensiyalar toʻgʻrisidagi, shuningdek korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish jinoiy daromadlarni qaytarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuviga koʻmaklashish, boshqalari bilan bir qatorda mazkur moddada qayd etilgan maʼlumotlarni chop etish;
s) tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar va mexanizmlar, shuningdek nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
d) korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida boshqa xalqaro va mintqaviy tashkilotlar tayyorlagan muvofiq maʼlumotlardan, ishlarning takrorlanishini oldini olish uchun tegishli tarzda foydalanish;
e) ishtirokchi Davlatlar tomonidan mazkur Kovensiyaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi masalani davriy ravishda koʻrib chiqish;
f) mazkur Konvensiyani takomillashtirish va amalga oshirilishiga taalluqli boʻlgan tavsiyalarni berish;
g) mazkur Konvensiyaning amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan texnik yordamga ehtiyojlarni hisobga olish va shu munosabat bilan mazkur Konvensiya zarur deb topgan istalgan harakatlarga nisbatan tavsiyalarni berish;
