64-modda. Kotibiyat
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasini zarur boʻlgan sekretariat xizmati bilan taʼminlaydi.
2. Kotibiyat:
a) ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga mazkur Konvensiyaning 63-moddasida soʻz yuritilgan faoliyatni amalga oshirishda yordam beradi, shuningdek ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasining sessiyalarini tashkil qiladi va ularni zarur boʻlgan xizmat koʻrsatish bilan taʼminlaydi.
b) ishtirokchi Davlatlarning iltimosiga koʻra, mazkur Konvensiyaning 63-moddasi 5- va 6-bandalarida koʻzda tutilganidek, ishtirokchi Davlatlar Konferensiyasiga ularning maʼlumotlarini taqdim etishda yordam beradi.
s) boshqa tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarining sekretariatlari bilan zarur boʻlgan oʻzaro muvofiqlashtirishni taʼminlaydi.
