61-modda. Korrupsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va maʼlumotlarni almashish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat ekspertlar bilan maslahatlashish, maslahatlar oʻtkazish, oʻz hududidagi korrupsiya sohasidagi tendensiyalarni, shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etiladigan shart-sharoitlarni tahlil qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.
2. Ishtirokchi Davlatlar, mumkin boʻlgan qadar, umumiy taʼriflanishlar, standartlar va metodologiyalarni ishlab chiqish maqsadida korrupsiyaga oid statistik maʼlumotlarni, tahliliy bilimlarni va shu jumladan, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish ishida amaliyotning optimal turlari haqidagi maʼlumotlarni kengaytirish hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vositasida ushbu maʼlumotlarni almashish imkoniyatini koʻrib chiqadilar.
3. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining korrupsiyaga qarshi siyosati va kurashi boʻyicha profilaktik chora-tadbirlari ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek ularning samaradorligi va taʼsirchanligini baholash imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.
