56-modda. Maxsus hamkorlik
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
Har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining ichki qonunchiligiga zarar yetkazmagan holda, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar orqali orttirilgan daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining tekshiruv ishlariga, koʻrilayotgan jinoiy ishlariga yoki sud muhokamasiga zarar yetkazmasdan turib, agar bu kabi maʼlumotlarning oshkora qilinishi uni olayotgan ishtirokchi Davlatga jinoiy ishni qoʻzgʻatish yoki tekshiruv ishlarini yoki sud muhokamasini oʻtkazishiga koʻmak beradi yoxud ushbu ishtirokchi Davlat tomonidan bu iltimosnomani Konvensiyaning mazkur moddasiga muvofiqlashtirishiga yoʻnaltiradi deb hisoblasa, boshqa ishtirokchi Davlatga avvaldan iltimosnoma qilinmagan hollarda ham joʻnatish imkoniyatini beruvchi choralar koʻrishga intiladi.
