55-modda. Musodara qilish maqsadlaridagi xalqaro hamkorlik
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron xatti-harakat yurisdiksiyasiga taalluqli hisoblangan ishtirokchi Davlatdan mazkur Kovensiyaning 31-moddasi 1-bandida qayd etilgan va oʻz hududida joylashgan jinoiy daromadlarni, mol-mulkni, uskunalari va jinoyat sodir etishning boshqa vositalarini musodara qilish toʻgʻrisida murojaatnoma olgan ishtirokchi Davlat oʻzining ichki qonunchiligi doirasida mumkin boʻlgan maksimal darajada:
a) musodara qilish toʻgʻrisidagi qarorni olish maqsadida bu iltimosni oʻzining vakolatli organlariga yuboradi va shunday qarorni olgan taqdirda uni ijro etadi, yoki
b) oʻzining vakolatli organlariga soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat hududida mazkur Konvensiyaning 31-moddasi 1-bandi va 54-moddasi 1 (a)-bandiga muvofiq sud tomonidan musodara qilish toʻgʻrisidagi chiqarilgan qarorni, murojaatda koʻrsatilgan hajmda va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlati hududidagi 31-moddaning 1-bandida qayd etilgan jinoiy daromadlar, mol-mulk, uskuna yoki jinoyat sodir etishning boshqa vositalariga taalluqli boʻlgan darajada ijro etish maqsadida yuboradi.
2. Soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat Mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron xatti-harakat yurisdiksiyasiga taalluqli hisoblangan ishtirokchi Davlatdan murojaatnoma olganidan keyin, 31-moddaning 1-bandida qayd etilgan jinoiy daromadlar, mol-mulk, uskuna yoki jinoyat sodir etishning boshqa vositalarini aniqlash, kuzatish, muomaladan chiqarib turib ishga solmay qoʻyish yoki hibsga olish maqsadida va keyinchalik, soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan chiqariluvchi qarorga yoki mazkur moddaning 1-bandiga asosan qilingan murojaatga muvofiq, musodara qilish uchun choralar koʻradi.
3. Mazkur Konvensiyaning 46-moddasidagi holatlar mazkur moddaga nisbatan mutatis mutandis tarzda qoʻllaniladi. Mazkur moddaga muvofiq yuborilayotgan iltimos tarkibida 46-moddaning 15-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha qilingan quyidagilar bayon etiladi:
a) mazkur moddaning 1 (a)-bandida koʻzda tutilgan murojaat qoʻllanishiga — musodara qilinishi lozim boʻlgan mol-mulkning taʼriflanishi, shu jumladan, imkon darajasida uning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va, agar bu oʻrinli boʻlsa, mol-mulkning baholangan qiymati va soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat havola qilayotgan va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq qaror chiqarishi uchun choralar koʻrishiga yetarli boʻlgan dalillar bayon etilgan ariza;
