54-modda. Musodara qilish ishlari boʻyicha xalqaro hamkorlik vositasida mol-mulkni muomaladan chiqarish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida sotib olingan yoki bu kabi jinoyatlarni sodir etilishida foydalanilgan mol-mulkka taalluqli oʻzaro huquqiy yordamni mazkur Konvensiyaning 55-moddasiga asosan taqdim etish maqsadida, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq:
a) boshqa ishtirokchi Davlat sudlari tomonidan musodara qilish toʻgʻrisida chiqarilgan qarorlarni oʻzining vakolatli organlari ijro etishiga ruxsat berilishi uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi;
b) oʻzining vakolatli organlariga, ularning yurisdiksiyasi doirasida, pul mablagʻlarini legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar yoki uning yurisdiksiyasiga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa jinoyatlar yuzasidan sud qarorini chiqarishda yoxud ichki qonunchiligida ruxsat etilgan boshqa tartibotlardan foydalanishda kelib chiqishi xorijiy boʻlgan bunday mol-mulk musodara qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarishlariga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi; va
s) vafot etganligi, yashirilganligi yoki yoʻqligi sababli jinoyatchi taʼqib etilishining imkoni boʻlmagan yoxud boshqa muvofiq holatlarda koʻrilayotgan jinoiy ishlar doirasida qaror chiqarmasdan turib bunday mol-mulkning musodara qilinishiga imkoniyat yaratish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni qabul qilish boʻyicha masalani koʻrib chiqadi.
2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning 55-moddasi, 2-bandiga asosan joʻnatilgan iltimos boʻyicha oʻzaro huquqiy yordamni taqdim etish maqsadida, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq:
a) oʻzining vakolatli organlariga soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatning sudi yoki vakolatli organlari tomonidan mol-mulkni muomaladan chiqarib ishga solmay qoʻyish yoki hibsga olish toʻgʻrisida chiqarilgan va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatga bu kabi choralar koʻrilishi uchun yetarli asoslar mavjud va, yakuniy natijada, ushbu mol-mulkka nisbatan mazkur moddaning 1 (a)-bandi maqsadlari uchun musodara qilish toʻgʻrisida qaror chiqariladi deb hisoblashga imkon beruvchi oqilona asoslar bayon etilgan qarorga asosan mol-mulkni ishga solmay qoʻyishiga yoki hibsga olishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi;
b) oʻzining vakolatli organlariga soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlatga bu kabi choralar koʻrilishi uchun yetarli asoslar mavjud va, yakuniy natijada, ushbu mol-mulkka nisbatan mazkur moddaning 1 (a)-bandi maqsadlari uchun musodara qilish toʻgʻrisida qaror chiqariladi deb hisoblashga imkon beruvchi oqilona asoslar bayon etilgan murojaatga asosan mol-mulkni muomaladan chiqarib turib ishga solmay qoʻyishiga yoki hibsga olishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi; va
