53-modda. Mol-mulk bevosita qaytarilishi uchun choralar
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
Har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq:
a) boshqa ishtirokchi Davlatga mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida sotib olingan mol-mulkka nisbatan huquqiy unvon yoki egalik qilish huquqini talab qilish yuzasidan fuqarolik daʼvolarini oʻzining sudlariga taqdim etishiga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi;
b) oʻzlarining sudlariga mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarga bunday jinoyat sodir etilishi oqibatida boshqa ishtirokchi Davlatga yetkazilgan zararni oʻrnini toʻldirish yoki qoplash toʻgʻrisida farmoyish berishiga ruxsat berilishi uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi;
s) musodara qilish toʻgʻrisidagi qarorlarni chiqarishda mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan xatti-harakatlar natijasida sotib olingan mol-mulkning qonuniy egasi sifatida boshqa ishtirokchi Davlat tomonidan qoʻyiladigan talablarni oʻzlarining sudlari yoki vakolatli organlari tan olinishiga yoʻl qoʻyish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.
