57-modda. Aktivlarni qaytarish va ularni tasarruf qilish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Ishtirokchi Davlat tomonidan mazkur Konvensiyaning 31-moddasiga yoki 55-moddasiga asosan musodara qilingan mol-mulkni, jumladan mazkur moddaning 3-bandiga koʻra avvalgi qonuniy egalariga qaytarilgan mol-mulkni ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning holatlari va oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq tasarruf qiladi.
2. Har bir ishtirokchi Davlat, ichki qonunchiligining eng muhim prinsiplariga muvofiq, oʻzining vakolatli organlariga, ular boshqa ishtirokchi Davlat tomonidan yuborilgan iltimosnoma boʻyicha ish tutayotganlarida, musodara qilingan mol-mulkni, halol uchinchi tomonlarning huquqlarini hisobga olgan holda, mazkur Konvensiyaga muvofiq qaytarib berishlariga ruxsat berish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralar koʻradi.
3. Ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyaning 46- va 55-moddalariga va mazkur moddaning 1- va 2-bandlariga muvofiq:
a) mazkur Konvensiyaning 17- va 33-moddalarida qayd etilganidek, ommaviy mablagʻlar oʻgʻirlanganida yoki ommaviy mablagʻlar halollashtirilganida, agar musodara 55-moddaga muvofiq va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan chiqarilgan yakuniy qaror asosida amalga oshirilgan boʻlsa, va aynan shu talab soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan bekor qilinishi mumkinligini eʼtiborga olgan holda, musodara qilingan mol-mulkni soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga qaytarib beradi;
b) mazkur Konvensiyada qamrab olingan istalgan jinoyat orqali daromad topilganida, agar musodara 55-moddaga muvofiq va soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan chiqarilgan yakuniy qaror asosida amalga oshirilgan boʻlsa, va aynan shu talab soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tomonidan bekor qilinishi mumkinligini eʼtiborga olgan holda, agar soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga ushbu musodara qilingan mol-mulkka egalik qilish huquqi avvaldan bor boʻlganini oqilona isbotlab bersa yoki soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat soʻrov berayotgan Davlatga yetkazilgan zararni musodara qilingan mol-mulkni qaytarib berish uchun asos sifatida tan olsa, musodara qilingan mol-mulkni soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga qaytarib beradi;
s) barcha boshqa holatlarda, birinchi navbatda, musodara qilingan mol-mulkni soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlatga, bunday mol-mulkni uning avvalgi qonuniy egalariga qaytarilishi yoki jinoyatdan jabr koʻrganlarga kompensatsiya toʻlanishi masalasi koʻradi.
4. Soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat tegishli holatlarda, agar faqat ishtirokchi Davlatlar boshqa qarorni qabul qilmasalar, soʻrov berilayotgan ishtirokchi Davlat musodara qilingan mol-mulk qaytarilishiga yoki mazkur moddaga muvofiq tasarruf qilinishiga olib kelgan tergov ishlari, koʻrilgan jinoiy ish yoki sud muhokamasi vaqtida sarflangan oqilona xarajatlarni olib qolishi mumkin.
