43-modda. Xalqaro hamkorlik
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Ishtirokchi Davlatlar mazkur Konvensiyaning 44 — 50-moddalariga muvofiq jinoiy-huquqiy masalalar boʻyicha hamkorlik qiladilar. Ishtirokchi Davlatlar, agar bu maqsadga muvofiq boʻlsa va oʻzlarining ichki qonunchilik tizimlariga toʻgʻri kelsa, korrupsiya bilan bogʻliq boʻlgan fuqarolik-huquqiy va maʼmuriy ishlarni tekshirish va amalga oshirish boʻyicha bir-birlariga koʻmaklashish imkoniyatini koʻrib chiqadilar.
2. Agar xalqaro hamkorlik masalalari bilan bogʻliq holatlarda tegishli harakatni jinoyat deb ikki tomonlama tan olish prinsipiga rioya qilinishi talab etilsa, soʻralayotgan ishtirokchi Davlatning qonunchiligi tegishli harakatni jinoyatlar toifasiga kiritish yoki kiritmasligi yoki soʻrov berayotgan ishtirokchi Davlat uni taʼriflashda soʻralayotgan ishtirokchi Davlat qoʻllaydigan atamalar kabi atamalar bilan taʼriflashi yoki taʼriflamasligidan qatʼiy nazar, agar jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi harakat ikkala ishtirokchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq jinoiy jazoga loyiq deb tan olingan boʻlsa, ushbu prinsipga amal qilingan hisoblanadi.
