38-modda. Milliy organlar oʻrtasidagi hamkorlik
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
Har bir ishtirokchi Davlat ichki qonunchiligiga muvofiq bir tomondan oʻzining ommaviy organlari, shuningdek ommaviy mansabdor shaxslari va ikkinchi tomondan, sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha tergov ishlarini olib borishga va jinoyatni fosh etish uchun masʼul boʻlgan organlar oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi. Bu kabi hamkorlik quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
a) agar mazkur Konvensiyaning 15-, 21- va 23-moddalariga muvofiq jinoyat deb tan olingan istalgan xatti-harakatlar sodir etilganini eʼtirof etish uchun oqilona asoslar mavjud boʻlsa, bunday masʼul organlarga oʻzining shaxsiy tashabbusi bilan maʼlumotlar taqdim etilishi; yoki
b) tegishli iltimosga koʻra, bunday organlarga barcha zarur maʼlumotlarning taqdim etilishi.
