37-modda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron jinoiy xatti-harakatlarda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etgan shaxslarni vakolatli organlar uchun tergov ishlarini olib borish va isbotlash maqsadida foydali boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishga va jinoyatchilarni jinoiy daromadlardan mahrum qilishga va bu kabi daromadlarni qaytarish boʻyicha choralar koʻrilishiga koʻmaklashuvchi amaliy va aniq yordam berishga ragʻbatlantirishni koʻzda tutuvchi tegishli choralarni koʻradi.
2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron jinoiy xatti-harakatlar bilan bogʻliq tergov ishlari yoki jinoyatni fosh etish davomida salmoqli darajada hamkorlik qilgan ayblanuvchi shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazoni yumshatish imkoniyatini koʻzda tutilishi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.
3. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining ichki qonunchiligining eng muhim prinsiplariga muvofiq, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron jinoiy xatti-harakatlar bilan bogʻliq tergov ishlari yoki jinoyatni fosh etish davomida sezilarli va ahamiyatli darajada hamkorlik qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilmasligi imkoniyatini koʻzda tutilishi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.
4. Bunday shaxslarning himoyasi, mutatis mutandis, mazkur Konvensiyaning 32-moddasida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
5. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxs bir ishtirokchi Davlat hududida boʻla turib, ikkinchi ishtirokchi Davlatning vakolatli organlari bilan ahamiyatli darajada hamkorlik qila olsa, u holda manfaatdor ishtirokchi Davlatlar oʻzlarining ichki qonunchiliklariga muvofiq bunday shaxs uchun mazkur moddaning 2- va 3- bandlarida koʻrsatilgan rejim taqdim etilishi mumkin ekanligi xususida kelishuv va bitimlar tuzish imkoniyatini koʻrib chiqishlari mumkin.
