39-modda. Milliy organlar va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlik
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq milliy tergov organlari va prokuratura organlari hamda xususiy sektor tashkilotlari, xususan moliyaviy muassasalar bilan mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarning sodir etilishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun talab etilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.
2. Har bir ishtirokchi Davlat odatda oʻzining hududida istiqomat qiluvchi oʻz fuqarolari va boshqa shaxslar milliy tergov organlari va prokuratura organlariga mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan jinoiy xatti-harakatlarning sodir etilgani toʻgʻrisida xabar berishlarini ragʻbatlantirish masalasini koʻrib chiqadilar.
