26-modda. Yuridik shaxslarning javobgarligi
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat, oʻzining huquqiy prinsiplarini hisobga olgan holda, mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan harakatlarda ishtiroki uchun yuridik shaxslarning javobgarligini aniqlash uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.
2. Yuridik shaxslarning javobgarligi, ishtirokchi Davlatning huquqiy prinsiplariga rioya qilish shartida, jinoiy, fuqarolik-huquqiy yoki maʼmuriy boʻlishi kerak.
3. Bunday javobgarlikning yuklatilishi jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarligiga zarar yetkazmaydi.
4. Har bir ishtirokchi Davlat, xususan, ushbu moddaga muvofiq javobgarlikka tortilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan samarali, mutanosib va toʻxtatuvchi taʼsirga ega boʻlgan jinoiy yoki jinoiy boʻlmagan choralar, shu jumladan pullik jarimalar qoʻllanilishini taʼminlaydi.
