25-modda. Odil sudlovning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
Har bir ishtirokchi Davlat quyida koʻrsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralar koʻradi:
a) mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat deb tan olingan harakatlar sodir etilganligi munosabati amalga oshirilayotgan jarayon davomida soxta maʼlumotlar berishga majbur qilish yoki maʼlumotlarni berish yoxud maʼlumotlarni taqdim etish jarayoniga aralashish maqsadida jismoniy kuch ishlatish, doʻq-poʻpisa qilish yoki qoʻrqitish yoxud vaʼda berish yoki noqonuniy afzallikni taklif qilish yoki taqdim etish;
b) mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat deb tan olingan harakatlar sodir etilganligi munosabati amalga oshirilayotgan jarayon davomida sud yoki huquqni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxsi tomonidan oʻzining xizmat vazifalarini bajarishiga aralashish maqsadida jismoniy kuch ishlatish, doʻq-poʻpisa qilish yoki qoʻrqitish. Mazkur kichik banddagi hech narsa ishtirokchi Davlatlarning ommaviy mansabdor shaxslarning boshqa toifalari himoya qilinishini taʼminlovchi qonunchilikka ega boʻlish huquqiga zarar yetkazmaydi.
