27-modda. Ishtirok va suiqasd
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatni sodir etishda istalgan sifatda, masalan, sherik, yordamchi yoki dalolatchi sifatida qatnashishni oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat deb tan olinishini talab qilishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.
2. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatni sodir etishga suiqasd oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat deb tan olinishini talab qilishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.
3. Har bir ishtirokchi Davlat mazkur Konvensiyada jinoyat deb tan olingan biron-bir jinoiy harakatni sodir etishga tayyorgarlikni oʻzining ichki qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat deb tan olinishini talab qilishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.
