17-modda. Ommaviy mansabdor shaxs tomonidan mol-mulk talon-toroj qilinishi, noqonuniy oʻzlashtirilishi yoki koʻzda tutilmagan maqsadlarda ishlatilishi
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
Har bir ishtirokchi Davlat mansabdor shaxsning oʻzi yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs foyda olishi maqsadida xizmat mavqeyiga koʻra ushbu ommaviy mansabdor shaxsning qaramogʻida boʻlgan biron-bir mol-mulk, ommaviy yoki xususiy mablagʻlarni yoxud qimmatli qogʻozlar yoki istalgan boshqa qimmatli predmetni mansabdor shaxs tomonidan oʻgʻirlanishini, noqonuniy oʻzlashtirilishini yoki koʻzda tutilmagan boshqa maqsadlarda ishlatilishini, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.
