18-modda. Gʻarazli maqsadlarda mavqeyidan foydalanish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
Har bir ishtirokchi Davlat quyida koʻrsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralar koʻrish imkoniyatini koʻrib chiqadi:
a) ommaviy mansabdor shaxsga yoki istalgan boshqa shaxsga shaxsan yoki vositachilar orqali ishtirokchi Davlatning maʼmuriyati yoki ommaviy organidan ushbu harakatlarning birinchi tashabbuskori yoki istalgan boshqa shaxs uchun biron noqonuniy afzalliklarni olib berish maqsadida ushbu mansabdor shaxs yoki boshqa shunday shaxs oʻzining haqiqiy yoki taxmin qilingan nufuzini suiisteʼmol qilishi evaziga biron noqonuniy afzalliklarni vaʼda qilish, taklif etish yoki taqdim etish;
b) ommaviy mansabdor shaxs tomonidan yoki vositachilar orqali ommaviy mansabdor shaxs yoki boshqa shunday shaxs ishtirokchi Davlatning maʼmuriyati yoki ommaviy organidan shaxsan oʻzi yoki boshqa shaxs uchun biron noqonuniy afzalliklarni olib berish maqsadida ushbu mansabdor shaxs yoki boshqa shunday shaxs oʻzining haqiqiy yoki taxmin qilingan nufuzini suiisteʼmol qilishi uchun biron noqonuniy afzalliklarni talab qilib yoki qabul qilib olish.
