16-modda. Xorijiy ommaviy mansabdor shaxslarga va ommaviy xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslariga pora berish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat xorijiy ommaviy mansabdor shaxsga yoki ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsiga shaxsan yoki vositachilar orqali mansabdor shaxsning oʻzi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs xalqaro ishlarni yuritish yuzasidan tijorat yoki boshqa noqonuniy afzallikka ega boʻlish uchun oʻz lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida biron afzallikni vaʼda qilish, taklif etish yoki taqdim etish, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi.
2. Har bir ishtirokchi Davlat xorijiy ommaviy mansabdor shaxsga yoki ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsiga shaxsan yoki vositachilar orqali mansabdor shaxsning oʻzi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs oʻz lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida biron afzallikni vaʼda qilish, taklif etish yoki taqdim etish, qachonki ular atayin sodir etilganda, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻrish imkoniyatini koʻrib chiqadi.
