15-modda. Milliy ommaviy mansabdor shaxslarga pora berish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat quyida koʻrsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni koʻradi:
a) ommaviy mansabdor shaxsga shaxsan yoki vositachilar orqali ushbu mansabdor shaxsning oʻzi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs oʻz lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida, biron noqonuniy afzallikni vaʼda qilish, taklif etish yoki taqdim etish;
b) biron mansabdor shaxs oʻz lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron bir harakat yoki harakatsizlik maqsadida mansabdor shaxsning oʻzi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun biron noqonuniy afzallikni shaxsan ommaviy mansabdor shaxs tomonidan yoki vositachilar orqali talab qilib yoki qabul qilib olish.
