14-modda. Pul mablagʻlarini legallashtirishning oldini olish boʻyicha tadbirlar
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat:
a) banklar va bankdan tashqari moliya muassasalariga nisbatan, shu jumladan pul mablagʻlari yoki qimmatliklarni oʻtkazish bilan bogʻliq rasmiy yoki norasmiy xizmatlarni taqdim etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslarga nisbatan hamda, tegishli hollarda, pul mablagʻlarini legallashtirish nuqtai nazaridan, oʻz vakolati doiralarida, bunday mablagʻlarni legallashtirishning barcha shakllarini aniqlash va bunga yoʻl qoʻymaslik maqsadida keng qamrovli ichki tartibga solish va nazorat qilish rejimini belgilaydi, va shu bilan birga bunday rejim, birinchi navbatda, mijoz shaxsini aniqlashga oid talablarga va, tegishli hollarda, mulkdor-benifitsiarni identifikatsiya qilish, hisobotni yuritish va shubhali operatsiyalar toʻgʻrisida xabarlarni taqdim etishga asoslanadi;
b) mazkur Konvensiyaning 46 moddasiga zarar yetkazmagan holda, pul mablagʻlarini legallashtirishga qarshi kurash olib borayotgan maʼmuriy, tartibga soluvchi, huquqni muhofaza qilish va boshqa organlar (shu jumladan, bunday amal ichki qonunchilikka mos kelgan holatda, sud organlari ham) uning ichki qonunchiligi bilan belgilanadigan shartlarda, milliy va xalqaro darajalarda hamkorlik qilish va axborot almashishga qodir boʻlishlarini taʼminlaydi, va shu maqsadlarda kuzatilishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlarini legallashtirish holatlariga doir axborotni yigʻish, tahlil qilish va tarqatish boʻyicha milliy markaz sifatida faoliyat yuritadigan moliyaviy tezkor axborot boʻlinmasini taʼsis etish haqidagi masalani koʻrib chiqadi.
2. Ishtirokchi Davlatlar, axborotdan tegishli darajada foydalanishni taʼminlashga qaratilgan kafolatlarga amal qilish hamda qonuniy kapitallar harakatlanishiga hech qanday toʻsqinlik qilmaslik sharti bilan, naqd pul mablagʻlari va tegishli aylanma mablagʻlar ularning chegaralaridan harakatlanishini aniqlash va bunday harakatlanish ketidan nazorat olib borish boʻyicha amalda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan choralarni koʻrish masalasini koʻrib chiqadilar. Bunday choralar jismoniy shaxslar va tijorat korxonalar katta hajmdagi naqd pullarning transchegaraviy oʻtkazilishi va tegishli miqdordagi aylanma mablagʻlar topshirilishi toʻgʻrisida xabar berishlari lozimligi boʻyicha talabni oʻziga kiritishi mumkin.
3. Ishtirokchi Davlatlar moliya muassasalari, shu jumladan pul mablagʻlarini oʻtkazish muassasalari quyida koʻrsatib oʻtilganlarni amalga oshirishlari yuzasidan talab belgilash uchun tegishli va amaliyotda qoʻllash mumkin boʻlgan choralardan foydalanish haqidagi masalani koʻrib chiqadilar:
