266-modda. Mehnat nizolari komissiyasining qarorini bajarish
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnat nizolari komissiyasining qarori bu qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan oʻn kunlik muddat oʻtgandan keyin uch kun ichida ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak.
Basharti ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega boʻlgan guvohnoma beriladi.
Agar xodim yoki ish beruvchi belgilangan muddat ichida tuman (shahar) sudiga mehnat nizosini hal etish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi.
Mehnat nizolari komissiyasi bergan va olinganidan keyin koʻpi bilan uch oy ichida tuman (shahar) sudiga taqdim etilgan guvohnoma asosida davlat ijrochisi mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy tarzda ijro ettiradi.
Xodim belgilangan uch oylik muddatni uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborgan taqdirda, guvohnomani bergan mehnat nizolari komissiyasi oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashi mumkin.
