265-modda. Mehnat nizolari komissiyasining qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnat nizolari komissiyasining qarori ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoxud xodimlar boshqa vakillik organining vakillari oʻrtasidagi kelishuvga binoan qabul qilinadi.
Komissiyaning qarori dalillar bilan isbotlangan hamda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan boʻlishi kerak.
Komissiyaning pul undirish talablariga oid qarorida xodimga tegishli summa aniq koʻrsatilishi lozim.
Qaror majlis raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. U majburiy kuchga ega boʻlib, biron bir tarzda tasdiqlanmaydi.
Komissiya qarorining nusxasi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga topshiriladi.
