267-modda. Mehnat nizosini koʻrishni tuman (shahar) sudiga oʻtkazish va mehnat nizolari komissiyasi qarori ustidan shikoyat qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Basharti mehnat nizolari komissiyasi oʻn kunlik muddat ichida mehnat nizosini koʻrib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim ushbu nizoni koʻrishni tuman (shahar) sudiga oʻtkazishga haqlidir.
Mehnat nizolari komissiyasining qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida tuman (shahar) sudiga shikoyat qilishi mumkin. Ushbu muddat oʻtkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi. Sud bu muddatni uzrli sabablarga binoan oʻtkazib yuborilgan deb eʼtirof etgan holda, oʻtkazib yuborilgan bu muddatni tiklashi va nizoni mohiyati boʻyicha koʻrib chiqishi mumkin.
