191-modda. Xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganda mehnat shartnomasi taraflarining aralash javobgarligi
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Agar jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishi yoki koʻpayishiga sabab boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan zarar miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytiriladi.
Jabrlanuvchi tomonidan qoʻpol ehtiyotsizlik qilingan va ish beruvchining aybi boʻlmagan hollarda, uning aybidan qatʼi nazar javobgarlik kelib chiqadigan boʻlsa (189-moddaning toʻrtinchi qismi), toʻlanadigan zarar miqdori ham shunga muvofiq ravishda kamaytiriladi. Bunday vaqtda zararni toʻlashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aralash javobgarlik toʻlanishi lozim boʻlgan zararning qoʻshimcha turlariga, bir yoʻla beriladigan nafaqaga, shuningdek boquvchining vafoti munosabati bilan zararni toʻlash hollariga tatbiq etilmaydi.
