188-modda. Ish beruvchining xodimga mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum etilganligi natijasida yetkazilgan zararni toʻlash majburiyati
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Xodim mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum etilgan barcha hollarda ololmay qolgan ish haqini ish beruvchi unga toʻlashi shart. Bunday majburiyat, agar ish haqi ishga qabul qilish gʻayriqonuniy ravishda rad etilganligi, mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi yoki xodim gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilganligi va mehnat nizolarini koʻruvchi organning bunday ishlar yuzasidan chiqarilgan qarori oʻz vaqtida bajarilmaganligi, mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi, har qanday yoʻllar bilan xodimning shaʼniga dogʻ tushiruvchi maʼlumotlar tarqatilganligi natijasida, basharti bu maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasa, shuningdek boshqa hollarda olinmay qolgan boʻlsa, kelib chiqadi.
