Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Xodimlarga ish davrida, ularning xohishiga koʻra, yillik taʼtilning ushbu Kodeksning 134-moddasida belgilangan eng oz muddatidan (oʻn besh ish kunidan) ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi mumkin.
Ijtimoiy taʼtillarning barcha turlaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 137 va 138-moddalarida nazarda tutilgan qoʻshimcha taʼtillardan asli holida foydalaniladi va ularni pullik kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-142859
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 151-modda. Foydalanilmagan taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-145261/151 (lex.uz/docs/-142859)