28-modda. Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxslarni tekshiruvdan oʻtkazish
Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (123-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxs psixiatriya muassasasining shifokor psixiatrlar komissiyasi tomonidan 48 soatdan oshmagan muddatda majburiy tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim boʻlib, komissiya statsionarga yotqizilganlik qay darajada asosliligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Yotqizish asossiz deb topilgan va yotqizilgan shaxs psixiatriya statsionarida qolish istagini bildirmagan hollarda, u darhol statsionardan chiqarilishi kerak.
Agar yotqizish asosli deb topilsa, shifokor psixiatrlar komissiyasining xulosasi shaxsning u yerda bundan buyon boʻlishi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun 24 soat ichida psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sudga yuboriladi.
