27-modda. Psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish uchun asoslar
Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (123-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Agar ruhiy holati buzilgan shaxsni faqat statsionar sharoitida tekshiruvdan oʻtkazish yoki davolash mumkin boʻlsa, ruhiy holatning buzilishi esa ogʻir va quyidagilar bilan bogʻliq boʻlsa, bu shaxs oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz sud qarori chiqarilmasidanoq statsionarga yotqizilishi mumkin:
uning oʻzi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tugʻdirishi;
uning nochorligi, yaʼni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi;
agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek boʻlsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sogʻligʻiga jiddiy zarar yetkazilishi.
