16-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqi
Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (123-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Psixiatriya yordami koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga oliy maxsus tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar egadirlar.
Psixiatriya yordami koʻrsatishda qatnashuvchi tibbiy psixolog, boshqa mutaxassislar va tibbiy xodimlar ruhiy holati buzilgan shaxslar bilan ishlashga ijozat olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlari kerak.
Psixiatriya yordami koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun yuridik shaxslarga litsenziyalar berish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Psixiatriya yordami koʻrsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar koʻrsatadigan psixiatriya yordami turlari ustav hujjatlarida yoki litsenziya talablari va shartlarida koʻrsatiladi. Ular toʻgʻrisidagi axborot hamma uchun ochiq boʻlishi kerak.
