13-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida (O‘RQ-195-son) · Sana: 26.12.2008 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi tomonidan quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan kuchlar va vositalarni tezkor jalb etish;
qutqaruv vositalarini ishlab chiqarish hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini moddiy-texnika jihatidan taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etuvchi qutqaruvchilarni, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining mansabdor shaxslarini tayyorlash masalalarini hal etish;
tegishli hududlarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va boshqa kuchlar oʻrtasida hamkorlikni taʼminlash;
qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini birxillashtirish.
