14-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga koʻchirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida (O‘RQ-195-son) · Sana: 26.12.2008 · Amalda
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga koʻchirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish uchun ular xizmat koʻrsatayotgan tashkilotlar faoliyatining tugatilganligi yoxud mazkur xizmatlar va tuzilmalar tomonidan oldi olinishi hamda bartaraf etilishi moʻljallangan favqulodda vaziyatlarning roʻy berishi xavfi yoʻqotilganligi asos boʻladi.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek tashkil etilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga koʻchirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish ularni tashkil etgan mansabdor shaxslar, organlar yoxud tashkilotlarning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari boshqa joyga koʻchirilgan, qayta ixtisoslashtirilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organiga yozma bildirish yuborilishi kerak.
