124-modda. Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari
Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-198-son) · Sana: 31.12.2008 · Amalda
Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari yuridik shaxs boʻlib, Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari Advokatlar palatasining raisi tomonidan lavozimga (tegishli hududda faoliyat koʻrsatayotgan advokatlar orasidan) tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”;
13) 13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zarur bilimlar va kasbiy malakalarga ega boʻlgan shaxslarga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi masalani hal etish, advokat qasamyodini qabul qilish maqsadida, shuningdek advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni olib borish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuziladi.
Malaka komissiyalari Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda adliya organlari xodimlaridan teng miqdorda tuziladi.
Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish, malaka komissiyalarining ish tajribasini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Advokatlar palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlaridan teng miqdorda tasdiqlanadi.
Malaka komissiyalarining vakolatlari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi”;
14) quyidagi mazmundagi 131-modda bilan toʻldirilsin:
