123-modda. Advokatlar palatasining organlari va mansabdor shaxslari
Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-198-son) · Sana: 31.12.2008 · Amalda
Advokatlar palatasining Konferensiyasi palataning yuqori organi boʻlib, kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Advokatlar palatasi Boshqaruvi Advokatlar palatasining advokatlar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organi boʻlib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Advokatlar palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan ushbu Konferensiya saylagan Advokatlar palatasi Boshqaruvi aʼzolari orasidan besh yil muddatga saylanadi.
Advokatlar palatasining raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Advokatlar palatasining ustavida belgilangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Advokatlar palatasining taftish komissiyasi Advokatlar palatasining moliyaviy nazorat organi hisoblanadi va advokatlar orasidan saylanadi.
