“69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborot — “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-183-son)
“69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborot
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-183-son) · Sana: 26.09.2008 · Amalda
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish tegishli axborotni matbuotda eʼlon qilish hamda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi rasmiy eʼlon qilingan sanadan 30 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestri asosida ularga bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorga va davlat vakiliga bildirishnomani mustaqil ravishda yoxud jamiyat va qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi oʻrtasida tegishli xizmatlar koʻrsatilishi uchun tuziladigan shartnomaga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi orqali yuborishga haqli.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish muddati jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga va davlat vakiliga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma yigʻilish oʻtkaziladigan sanadan kamida 10 kalendar kun oldin yuborilishi kerak.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
jamiyatning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana;
umumiy yigʻilishning kun tartibiga kiritilgan masalalar;
umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan aksiyadorlarni va davlat vakilini tanishtirish tartibi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborotga (materiallarga) jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashining yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining aʼzolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, shartnomani qayta tuzish yoki uni bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisida xulosasi, jamiyat kuzatuv kengashi hamda taftish komissiyasi aʼzoligiga (taftishchiligiga) nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar loyihasi yoxud jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi kiradi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi majburiy boʻlgan qoʻshimcha axborot (materiallar) roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilab qoʻyilishi mumkin”;
39) 70-modda ikkinchi va uchinchi qismlarining ruscha matnidagi “vida” va “vid” degan soʻzlar tegishincha “tipa” va “tip” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
40) 71-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda jamiyat kuzatuv kengashi, ushbu Qonun 72-moddasining oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa umumiy yigʻilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:
umumiy yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni;
umumiy yigʻilishning kun tartibini;
umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sanani;
umumiy yigʻilishni oʻtkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sanani;
umumiy yigʻilish oʻtkazilishi haqida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish tartibini;
umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etiladigan axborot (materiallar) roʻyxatini;
ovoz berish byulletenining shakli va matnini.
Aniq masala qoʻyilishini aks ettirmaydigan taʼriflarning (shu jumladan, “turli masalalar”, “boshqa masalalar”, “oʻzga masalalar” va hokazolarning) aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi kun tartibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sana uni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 30 kundan kam va 45 kundan koʻp belgilanishi mumkin emas”;
41) 72-moddaning beshinchi qismidagi “turi (xili) koʻrsatilgan” degan soʻzlar “turi koʻrsatilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
42) 73-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni roʻyxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
43) 74-moddaning:
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
44) 75-moddaning beshinchi qismidagi “roʻyxatiga” degan soʻz “reyestriga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
45) 77-moddaning:
birinchi qismidagi “amalga oshirilishi mumkin” degan soʻzlar “amalga oshiriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
46) 82-moddaning:
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi beshinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanani belgilash;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasini belgilash;
ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi, oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan masalalarni hal etishni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga kiritish;
aksiyalarning nominal qiymatini koʻpaytirish orqali yoki eʼlon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida jamiyat tomonidan qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini koʻpaytirish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan boʻlsa;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa;
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan boʻlsa;
agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan boʻlsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan boʻlsa, bunday biznes-rejani tasdiqlash;
korporativ maslahatchini tayinlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan boʻlsa”;
oʻn ikkinchi — yigirma beshinchi xatboshilari tegishincha oʻn toʻrtinchi — yigirma yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
47) 83-modda:
quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Jamiyatning kuzatuv kengashi aʼzolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim boʻlgan shaxslar soniga koʻpaytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlarni bitta nomzodga toʻliq berishga yoki ularni ikki va undan ortiq nomzodlar oʻrtasida taqsimlashga haqlidir”;
oʻninchi qismi oʻn ikkinchi qism deb hisoblansin;
48) 85-moddaning toʻqqizinchi qismidagi “majlisda raislik qilgan shaxs tomonidan imzolanadi, u” degan soʻzlar “majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan imzolanadi, ular” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
49) 86-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tayinlanadigan ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yoʻl qoʻyiladi”;
toʻrtinchi — oʻn uchinchi qismlari tegishincha beshinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
50) 102-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar oxiriga yetkazilganidan soʻng jamiyatning qimmatli qogʻozlarini muomaladan chiqarish va jamiyat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini bekor qilish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda zarur tadbirlarni amalga oshiradi”;
51) 104-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ jamiyat tugatilganligi haqidagi tegishli yozuvni jamiyat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi bekor qilinganidan keyingina kiritadi”;
52) 106-modda:
oʻn birinchi xatboshisining ruscha matnidagi “vidov” degan soʻz “tipov” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlarini”;
oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilari tegishincha oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
53) 108-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “69-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi axborot “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-183-son). neolex.uz/uz/laws/law-1395297/69 (lex.uz/docs/-1395295)