“68-modda. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqi
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-183-son) · Sana: 26.09.2008 · Amalda
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan rasmiy eʼlon qilingan sanadan 3 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega boʻladi.
Aksiyadorning talabiga binoan jamiyat aksiyadorga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart.
Jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reyestriga oʻzgartirishlar mazkur reyestr tuzilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni tuzishda yoʻl qoʻyilgan xatolar tuzatilgan taqdirdagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin”;
38) 69-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
