“108-modda. Axborotni eʼlon qilishning shartligi
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-183-son) · Sana: 26.09.2008 · Amalda
Aksiyadorlik jamiyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda axborotni oshkor qilishi shart.
Aksiyadorlik jamiyati, shu jumladan yopiq aksiyadorlik jamiyati emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni ommaviy joylashtirgan taqdirda, bu xususdagi axborotni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilagan hajmda va tartibda eʼlon qilishi shart.
Aksiyadorlik jamiyatining ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotini eʼlon qilishni ommaviy axborot vositalari tomonidan asoslantirilmagan ravishda rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ davlatga tegishli aksiyalar realizatsiya qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi”;
54) 109-modda:
ikkinchi qismining ruscha matnidagi “vidov” degan soʻz “tipov” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ochiq aksiyadorlik jamiyati affillangan shaxslar roʻyxatini ularga tegishli aksiyalar soni va turlarini koʻrsatgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili eʼlon qilishi shart”;
55) 114-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “davlat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va muvofiqlashtirish yuzasidan vakolat berilgan organ” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi, 1-moddaning 6-bandi bundan mustasno.
Ushbu Qonun 1-moddasining 6-bandi 2009-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi. Ustav fondlarini 2009-yilning 1-yanvariga qadar ushbu Qonun 1-moddasining 6-bandi talablariga muvofiqlashtirmagan yopiq aksiyadorlik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartirilishi yoki tugatilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-sentabr,
OʻRQ-183-son
