7-modda. Kooperativ aʼzolarining huquqlari va majburiyatlari
Kooperatsiya toʻgʻrisida (295-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
1. Barcha turdagi kooperativlarning aʼzolari:
kooperativ faoliyatda va uning ishlarini boshqarishda qatnashish kooperativning boshqaruv va nazorat idoralariga saylash hamda saylanish, kooperativ faoliyatini yaxshilash, uning idoralari va mansabdor shaxslarining ishidagi nuqsonlarni bartaraf etish haqida takliflar kiritish:
foydali (daromaddan) ulush olish, kooperativ tugatilgan taqdirda esa — ustavda nazarda tutilgan tartibda qoʻshgan mehnat va mulkiy hissasiga yarasha kooperativ aʼzolari oʻrtasida taqsimlanishi lozim boʻlgan mulk ulushini olish;
pay badalining butun summasini qaytarib olgan holda, shuningdek oʻz mehnat va mulkiy hissasiga mutanosib ravishda kooperativ foydasidan (daromadidan) ulush olgan holda kooperativdan ixtiyoriy tarzda chiqish;
kooperativ mulkidan, ustavda kooperativ aʼzolari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanish;
kooperativning mansabdor shaxslaridan kooperativning faoliyatiga doir har qanday masala yuzasidan axborot olish;
kooperativ mulkidagi oʻziga qarashli ulushni meros qilib qoldirish huquqiga egadir.
Bundan tashqari ishlab chiqarish va matlubot kooperativlarining aʼzolari:
ishlab chiqarish ehtiyojlarini va kasbiy tayyorgarlikni hisobga olgan holda kooperativdan ish olish;
ishlamaydigan kunlar berish orqali taʼminlanadigan dam olish, shuningdek ishchi va xizmatchilarning tegishli toifalari uchun qonunda belgilanganidan kam boʻlmagan muddatga har yili haq toʻlanadigan otpuska olish;
xavfsiz mehnat sharoiti bilan taʼminlanish;
oʻzini ijtimoiy va majburiy tibbiy sugʻurta qildirish hamda ijtimoiy taʼminlanish;
madaniy-maishiy xizmatdan foydalanish va kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi belgilagan tartibda boshqa ehtiyojlarni qondirish huquqiga ham egadirlar.
2. Barcha turdagi kooperativlarning aʼzolari:
kooperativ ustaviga rioya etishlari hamda kooperativning umumiy yigʻilishi, saylab qoʻyiladigan boshqaruv va nazorat idoralari qabul qilgan qarorlarni bajarishlari;
kooperativ faoliyatda mehnat qilib yoki mulk qoʻshib ishtirok etish bilan bogʻliq kooperativ oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarishlari;
kooperativga xoʻjalik faoliyati yuritish uchun berib qoʻyilgan tabiat resurslaridan oqilona foydalanishlari, ularni asrab-avaylashlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarishlari shart.
