5-modda. Kooperativ tuzish va uning Ustavi
Kooperatsiya toʻgʻrisida (295-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
1. Kooperativ fuqarolar istagi bilan yoki yuridik shaxslarning tashabbusi bilan mutlaqo ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Kooperativ aʼzolari boʻlgan fuqarolarning soni uch kishidan kam boʻlmasligi, matlubot kooperativida (jamiyatida) hamda qishloq xoʻjaligi kooperativida esa yetti kishidan kam boʻlmasligi kerak.
Kooperativ mustaqil tarzda ham, mulkning har qanday shakliga mansub korxonalar, muassasalar, tashkilotlar huzurida ham tashkil etiladi va faoliyat koʻrsatadi.
Mulkchilikning har qanday turdagi korxonaning, muassasaning, tashkilotning qaroriga koʻra tuziladigan kooperativ yuridik shaxs huquqiga ega boʻlishi, joriy va hisob-kitob schyotlari ochishi mumkin. Korxona, muassasa, tashkilot shunday turdagi kooperativning ustavini tasdiqlaydi, uning ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatini nazorat qiladi hamda uning faoliyat natijalari uchun toʻla javobgar boʻladi.
2. Kooperativning ustavi kooperativ taʼsis etishni istagan fuqarolarning umumiy yigʻilishida yoki yuridik shaxslar muxtor vakillarining yigʻilishida qabul qilinadi va davlat xizmatlari markazlarida roʻyxatga olinadi.
Ustavi roʻyxatga olingan va davlat reyestriga kiritilgan paytdan eʼtiboran kooperativ tashkil topgan deb hisoblanadi.
Matlubot, ishlab chiqarish kooperativlari, aralash shaklidagi kooperativlarning ustavida kooperativ aʼzolarining kooperativ qarzlari boʻyicha mulkiy javobgarligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bu qoida kooperativ ustavida oʻz aksini topmasa, uni davlat roʻyxatiga olish man etiladi.
3. Soxta kooperativ aniqlangan taqdirda qaytarilmagan ssudalar va kreditlar uning aʼzolaridan amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq undirib olinadi.
