4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari
Muzeylar toʻgʻrisida (O‘RQ-177-son) · Sana: 12.09.2008 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, takomillashtirishga doir dasturlar va qarorlar qabul qiladi;
muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;
davlat muzeylarining toifalarini belgilaydi;
Milliy muzey fondi toʻgʻrisidagi va Milliy muzey fondining Davlat katalogi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini Milliy muzey fondi tarkibiga kiritish hamda uning tarkibidan chiqarish tartibini belgilaydi;
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish hamda saqlash tartibini belgilaydi;
Milliy muzey fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini boshqarish tartibini belgilaydi;
Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
muzey mutaxassislarini tayyorlash hamda muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibini belgilaydi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
