5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining muzeylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari
Muzeylar toʻgʻrisida (O‘RQ-177-son) · Sana: 12.09.2008 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi:
Milliy muzey fondining Davlat katalogini yuritadi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda Milliy muzey fondi tarkibiga kiritadi hamda uning tarkibidan chiqaradi;
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazganlik haqidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi;
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
