3-modda. Asosiy tushunchalar
Muzeylar toʻgʻrisida (O‘RQ-177-son) · Sana: 12.09.2008 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Milliy muzey fondi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari majmui;
Milliy muzey fondining Davlat katalogi — Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan har bir muzey ashyosi va har bir muzey kolleksiyasi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan hisobga olish hujjati;
muzey — muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash, oʻrganish hamda ommaga namoyish etish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi notijorat madaniyat muassasasi;
muzey ashyosi — sifati yoki alohida belgilari jamiyat manfaatlari uchun saqlash, oʻrganish va ommaga namoyish etish zaruratini taqozo etuvchi madaniy boylik;
muzey kolleksiyasi — oʻz kelib chiqish xususiyati yoki shaklan yaqinligi tufayli yoxud boshqa belgilari boʻyicha birlashtirilgandagina muzey ashyosi xususiyatiga ega boʻladigan madaniy boyliklar majmui;
saqlash — muzeyning muzey ashyosi va muzey kolleksiyasi but saqlanishini taʼminlash uchun moddiy va huquqiy sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi faoliyat turi;
eʼlon qilish — muzeyning muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini omma oldida namoyish etish, bosma nashrlarda, elektron va boshqa turdagi jismlarda takrorlash orqali jamiyatga taqdim etishning barcha shakllarini nazarda tutuvchi faoliyat turi.
